“Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasiga aʼzo davlatlarda inson huquqlari himoyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Baku shahrida tashkil etilgan “Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasiga aʼzo davlatlarda inson huquqlari himoyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Mamlakatimizning Ozarbayjondagi Elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi – parlament aʼzolari va inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etish va ular hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish borasidagi davlatlar tajribasi bo‘yicha fikr almashish va ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat.

Tadbir ikki sessiyada tashkil etilib, “Inson huquqlarini himoya qilishda parlamentlarning roli” va “Ombudsman institutlarining samarali ishlashi uchun qonunchilikni takomillashtirishning ahamiyati” mavzulariga bag‘ishlandi.

Konferensiyada so‘z olgan spikerlar inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha mamlakatlarida amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarga to‘xtalishdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova inson huquqlarini taʼminlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosati va erishilayotgan natijalarga eʼtibor qaratdi. 

Shuningdek, Ombudsmanga aholi murojaatlari bilan ishlashdagi qo‘shimcha huquq va vakolatlar berilgani va hududlardagi faoliyati mustahkamlangani bo‘yicha maʼlumot berildi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий