Turkiy dunyo mukofotlari topshirildi

 

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish yakunlariga qisqacha to‘xtalib, unda juda muhim qaror va kelishuvlarga erishilganini ta’kidladi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning alohida hissasi borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan ularni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Rejep Tayyip Erdog‘an va Gurbanguli Berdimuhamedovga bu mukofotlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgan. Uning ilk sohibi turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist Chingiz Aytmatov bo‘ldi.

Bu mukofot Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.

Rejep Tayyip Erdog‘an, Gurbanguli Berdimuhamedov va Sadir Japarov mukofotlar uchun minnatdorlik bildirib, Samarqand sammiti juda samarali, xalqlarimiz uchun manfaatli bo‘lganini ta'kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий