Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv to'g'risida

 

2023-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TDTda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlarining amalga oshirilishi hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkilot sammitlari doirasida ilgari surgan tashabbuslarini hayotga tatbiq etish muhimligi qayd etildi.

Bosh kotib O‘zbekiston muhim siyosiy jarayonlar arafasida turganini ta'kidlab, konstitutsiyaviy islohotlar respublikaning jadal rivojlanishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий