Toshkentda O‘zbekiton va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro kun tartibi yaqin hamkorlikning barcha jabhalarini qamrab oluvchi turli darajadagi qo‘shma tadbirlar va uchrashuvlarga boy ekanligi qayd etildi.