Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Chjan Xaychjou boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan O‘zbekiston-Xitoy tashqi siyosat idoralari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ShHT doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini hamda Xitoyning Tashkilotdagi joriy raisligining boshqa masalalarini muhokama qildilar.

Shu yilning iyul oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida ikki davlat rahbarlari tomonidan ilgari tashabbuslarni amaliy ro‘yobga chiqarish, Tuzilma doirasida istiqbolda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohasidagi hamkorlikka sifat jihatidan yangi turtki beradigan hujjatlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. 

Xitoy Xalq Respublikasining ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Chjan Xaychjou shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov bilan ham uchrashdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий