Toshkentda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 25-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston-Niderlandiya munosabatlarining bugungi holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi fan va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar kun tartibidan toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham oʻrin oldi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Turli darajada, jumladan, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий