Toshkentda O‘zbekiston va Litva tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yovita Nelyupshene bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Litva kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinib, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrish va siyosiy maslahatlashuvlar amaliyotini davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Muzokaralarda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘ribchiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий