Toshkentda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

 

2024-yilning 15-aprel kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Kengashga a’zo davlatlar – BAA, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, O‘mon davlatlaridan delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda 2023-yil 19-iyul kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashiladi.  

Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий