Tokioda O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 8-mart kuni Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni  O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozuki hamda Yaponiya tashqi savdo tashkiloti raisi Ishiguro Norixiko ochib berdi.  

Forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 300 ga yaqin vakillari ko‘plab sohalarda yanada istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Tadbir davomida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий