Tojikistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi qabul qilindi
11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikistonning mamalakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muzokaralar markazida bo‘ldi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, muntazam almashinuvlarga ko‘maklashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyot sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.