Tojikiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov va Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Xusaynzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlik, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий