Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin o‘rtasida telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

B.Saidov Tojikiston TIV rahbariga mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan qor ko‘chkilari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi. Oliy va yuqori darajada rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий