Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot

 

2023-yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidovning Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston TIV rahbari B.Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.

Oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va turli jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining telefon orqali muloqoti ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий