Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv

 

2025-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikiston Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish muhimligi, xususan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, joriy yilda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий