TIVda YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda yangi sur’at kasb etgan O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

R.Dominitsis YUNISEF “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi. Strategiya BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelishi qayd etildi. YUNISEF Strategiyani amalga oshirishda, birinchi navbatda, onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash sohasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий