TIVda Yevropa mamlakatlarining elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

 2024-yil 8 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropaning O‘zbekistondagi qator elchilari, xususan, Toyvo Klaar (Yevropa Ittifoqi), Oreliya Bushez (Fransiya), Lyubomir Frebort (Chexiya), Olgan Bekar (Turkiya), Manfred Xuterer (Germaniya) hamda Daniel Chobanu (Ruminiya) bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Muzokaralarda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibidan o‘rin egallagan muhim masalalar muhokama qilindi. Hamkorlik va sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий