TIVda Ukraina Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Ukraina ikki tomonlama hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish va O‘zbekiston hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.