TIVda Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, hududlararo o‘zaro hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий