TIVda Turkiya Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 2023-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Turkiya Elchisi Oʻzbekistonning Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim o‘rnini taʼkidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий