TIVda Rossiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrasuv o‘tkazdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi darajasi, O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga baho berildi.

Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий