TIVda Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, joriy yilda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlarini muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий