TIVda Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.
Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdilar. Rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, hududlararo o‘zaro hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.