TIVda Qirg‘iz Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qirg‘iz Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlar va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi aloqalarning holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, oliy darajada va ikki mamlakat hukumat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan muhim qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий