TIVda Qatar va O‘mon diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

 2023-yilning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim va O‘mon Sultonligining Muvaqqat ishlar vakili Nosir Al-Mavaliy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston bilan ushbu davlatlar oʻrtasidagi siyosat, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
 

Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakllarda boʻlajak qoʻshma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий