TIVda Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etib, 2024-yilga mo‘ljallangan ikki va ko‘p tomonlama shakldagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.