TIVda Germaniya va Vengriya elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

 

Uchrashuvlarda O‘zbekiston-Germaniya va O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarining holati va istiqbollari, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar yuksak darajada va ishonchga asoslanganligini qayd etdilar.

2025-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar, jumladan, oliy va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar rejalari ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga faol ko‘maklashish, munosabatlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma reja va loyihalarning amaliy amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий