TIVda Germaniya Bundestagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya Bundestagining “Germaniya-Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi o‘rinbosari Manfred Grund bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo muloqotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Muzokaralar kun tartibidan turli daraja va shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga doir masalalar ham o‘rin oldi.