TIVda Fransiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Fransiya kun tartibini amaliy boyitish muhimligi qayd etildi. Rejalashtirilgan tashriflar va turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий