TIVda Fransiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari hamda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘oniston masalasini hal etishda hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

O.Bushez O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va iqtisodiy tiklanishida, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий