TIVda elchilar bilan uchrashuvlar
2024-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi qator mamlakatlari elchilari, xususan, Jonatan Xenik (AQSh), Agostino Pinna (Italiya), Konstantin Obolenskiy (Shveysariya Konfederatsiyasi), Timoti Smart (Buyuk Britaniya), Reynis Troksha (Latviya ) va Yojef Roja (Vengriya) bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida joriy yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari sarhisob qilinib, 2024-2025 yillar rejalari yuzasidan fikr almashildi. Yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar, siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.