TIVda Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari Bxavik Shah bilan uchrashdi.
Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasida jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini faollashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
B.Shax Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyani shakllantirishda O‘zbekistonning muhim roli, mintaqa davlatlariga terrorizm tahdidlarining kirib kelishining oldini olish borasida mamlakatimiz sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi.