TIVda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2023-yi 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Buyuk Britaniya Davlat kotibining tashqi ishlar, Hamdo‘stlik masalalari va xalqaro taraqqiyot bo‘yicha parlamentar o‘rinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chogʻida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari muhokama qilindi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar, jumladan, TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Buyuk Britaniya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholashi ta’kidlandi.

Foydalanilmagan ulkan salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ekologik yo‘nalishdagi sheriklikni mustahkamlash masalalari, shuningdek, xalqaro kun tartibining ayrim jihatlarini ham muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий