TIVda Braziliya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Braziliya Federativ Respublikasining (qarorgohi Moskva shahrida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Rodrigo de Lima Baena Soares bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Siyosiy muloqot va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi almashinuvlarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratishi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan tashqi savdo ko‘rsatkichlarini oshirish va uni diversifikatsiya qilish, Braziliyaning yirik kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий