TIVda BMTning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun taraqqiyot masalalari boʻyicha mintaqaviy muvofiqlashtirish byurosi direktori bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov BMTning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun taraqqiyot masalalari boʻyicha Mintaqaviy muvofiqlashtirish byurosi direktori Gvi Yop Son bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

G‘.Fozilov Tashkilot vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, xususan, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladigan 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi haqida ma’lumot berdi.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha O‘zbekistonning Milliy strategiyasi doirasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Gvi Yeop Son ushbu strategiya juda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Orol dengizi ekologik halokati oqibatlarini yumshatish, jumladan, BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi orqali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий