TIVda BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Yevropa va MDH mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashdi. 

Suhbat avvalida G‘.Fozilov Dastur vakillarini BMTTD O‘zbekistonda ish boshlaganining 30 yilligi bilan tabriklab, uning mamlakatimizda jamiyat hayotining turli jabhalarini qamrab olgan loyihaviy faoliyatini yuqori baholadi.
 

I.Jivkovich O‘zbekiston tomoniga yaqin hamkorlik va Tashkilotning mamlakatimizdagi faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston va BMTTD oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda 2030-yilgacha boʻlgan davrda Barqaror rivojlanish kun tartibi hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga urgʻu berildi.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish, xususan, Orol dengizi ekologik halokatining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий