TIVda BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi Miroslav Yencha bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, jumladan, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.

M.Yencha O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Global va mintaqaviy muammolarni hal etish, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalasida BMTning o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий