TIVda Belarus Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama muloqot va boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali hamda kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.