TIVda Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mnatsakan Safaryan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratdilar. Savdo-iqtisodiy sohada qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.