TIV va BMTTD raqamli iqtisodiy diplomatiya sohasida loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi

 

2023-yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidikov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskani qabul qildi.

Uchrashuvda 2022-yilda raqamli iqtisodiy diplomatiya sohasida Tashqi ishlar vazirligi salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyiha yakunlari sarhisob qilindi.

Qayd etilganidek, loyiha doirasida xorijiy hamkorlarga tarqatish uchun Yangi O‘zbekistonning faol iqtisodiy diplomatiyasi konsepsiyasi hamda “New Uzbekistan: Seizing Opportunities” risolasi ishlab chiqilgan.

Tashqi ishlar vazirligining yosh diplomatlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida iqtisodiy diplomatiya ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminari hamda “English for Professionals in Economic Diplomacy” maxsus ingliz tili kursi tashkil etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi so‘nggi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va xorijiy biznes uchun yangi imkoniyatlar haqida raqamli dayjestlar tayyorlandi. Dijestlar xalqaro ishbilarmon doiralar va diplomatik korpusning 2000 dan ortiq vakillariga tarqatildi.

Loyiha doirasida iqtisodiy diplomatiyaga bag‘ishlangan Telegram kanal ishga tushirildi, ayni paytda uning 3200 nafar obunachisi bor. “Iqtisodiy diplomatiya” interaktiv veb-portali yakunlashini bosqichida. Mazkur platforma xorijiy kompaniyalar va mahalliy tadbirkorlarni axborot bilan ta’minlashga qaratiladi.

M.Dimovska so‘nggi yillarda O‘zbekiston keng ko‘lamli islohotlar va ochiqlikning yo‘liga o‘tganini, bu esa, jumladan, Markaziy Osiyoga ham kuchli ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. BMTTD O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi qat’iyligini olqishlaydi.

BMT Taraqqiyot dasturi istiqbolli loyihalarni, jumladan, mamlakatimizda boshlangan maʼmuriy islohotalr doirasida amalga oshirish boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий