TIV rahbarining Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuviga oid

 

15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chun I Xe bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash uchun, ayniqsa savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasidagi faol muloqotni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий