TIV rahbarining birinchi oʻrinbosari Pokiston Bosh vazirining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdi
2024-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Asif Durroniy bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport kommunikatsiyalari sohalarida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Afg‘oniston yo‘nalishida, xususan, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishda hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.