TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Jazoir Elchisi bilan uchrashdi
2024-yil 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Irqi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro institutlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakatning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ikki davlat savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.