TIV rahbarining AQSh senatori Stiv Deyns bilan uchrashuvi to‘g‘risida

3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh senatori Stiv Deynsni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama munosabatlarning barcha ustuvor yo‘nalishlarda izchil rivojlanayotgani va yangi hamkorlik imkoniyatlari uchun mustahkam zamin yaratilayotgani qayd etildi.
Suhbat davomida bo‘lajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.


