TIV rahbari Vatikanning O‘zbekistondagi Apostol nunsiysi arxiyepiskop Jovanni d’Aniello bilan uchrashdi
2024-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vatikanning O‘zbekistondagi Apostol nunsiysi arxiyepiskop Jovanni d’Anielloni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, gumanitar sohada dinlararo muloqot va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qilindi.