TIV rahbari Syerra-Leone Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

2024-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Syerra-Leone Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavodan ishonch yorliqlarini qabul qildi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni boyitishda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni o‘rganishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий