TIV rahbari Niderlandiya Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

2024-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Niderlandiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Niko Sxemersdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Uchrashuvda barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Vazir O‘zbekiston tomoni Elchining davlatlararo munosabatlarni boyitishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий