TIV rahbari Misrning yangi tayinlangan Elchisini qabul qildi
2024-yilning 18-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning yangi tayinlangan Elchisi i Tamer Fathi Abdussalom Hammaddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. Tomonlar faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutishini qayd etdilar. Vazir Elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyatini tiladi.