TIV rahbari Hindistonning yangi tayinlangan Elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
2024-yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pantning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsad bo‘lib qolishi qayd etildi. Vazir Elchiga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tiladi.