TIV rahbari Gana Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
2024-yil 14-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gananing Oʻzbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Erik Ovusu Boateng bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Gananing mamlakatimizni xalqaro institutlar doirasida doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani yuksak qadrlanishi qayd etildi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi va aloqalarga yangi dinamika baxsh etish zarurligi ta’kidlandi.