TIV rahbari BMTning yangi tayinlagan doimiy koordinatorini qabil qildi

 

2024-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelishi, O‘zbekiston Hukumati BMT va uning tuzilmalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturiga egaligi, o‘zaro munosabatlar barcha sohalarda yuqori sur’atni namoyon etayotgani alohida qayd etildi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi paytlarda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 9 ta, jumladan 2024-yilning o‘tgan davrida 3 ta rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий